Yangiyerda yangilanish: mahallaga obodlik, ayollarga ish, yoshlarga bilim va kasb
2026-10-07 18:10:00 / Yangiliklar

Bu yerda xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ham alohida ahamiyat berilmoqda. Yangi qurilayotgan trikotaj fabrikasi mahalladagi 120 nafar ayolga o‘z uyiga yaqin joyda ishlash va doimiy daromad topish imkonini yaratadi. Tashrif davomida rekonstruksiya qilinayotgan 12-maktab hamda 7-maktabgacha ta’lim tashkilotidagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Bolalarning ta’lim-tarbiya olishi, o‘qituvchi va tarbiyachilarning samarali mehnat qilishi uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan birma-bir tanishildi. Maktab uchun qurilayotgan kasb-hunarga o‘rgatish va IT markazlari yoshlarning zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashiga xizmat qiladi. Viloyat rahbari o‘quvchilarni «Ikki til va bir kasb» tamoyili asosida o‘qitish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Bu o‘zgarishlarning qadri, avvalo, odamlar hayotida seziladi: ayollar ishli bo‘ladi, yoshlar bilim oladi, til va hunar o‘rganadi, oilalar uchun yangi dam olish maskani paydo bo‘ladi.
