Sayyor qabul: Sirdaryo tumani aholisi qanday masalalarni ko‘tardi?
2026-09-26 18:30:00 / Majlislar

Yana bir katta yo‘nalish yo‘l va mahalla infratuzilmasi masalalari bo‘ldi. Fuqarolar ichki ko‘chalarni asfaltlash va shag‘allashtirish, ayrim yo‘llarda qolib ketgan qismlarni yakunlash masalalarini bildirdi. Elektr, ichimlik va sug‘orish suvi, gaz hamda kommunal xizmatlar bo‘yicha ham qator muammolar aytildi. Eski yog‘och simyog‘ochlarni almashtirish, transformator o‘rnatish, ko‘chalarni yoritish, ichimlik suvi tarmog‘ini tortish kabi masalalar shular jumlasidan. Shuningdek, qabulda bank-kredit va ipoteka, ijtimoiy reyestr, ishga joylashish, moddiy yordam, kontrakt to‘lovi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi hamda huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi. Ayrim fuqarolar bir vaqtning o‘zida mahalladagi bir nechta muammoni ko‘tardi. Masalan, ko‘chani asfaltlash bilan birga yoritish chiroqlari o‘rnatish va bolalar o‘yin maydonchasi qurish masalalari ham aytildi. Har bir murojaat qabulning o‘zida tegishli soha mas’ullari ishtirokida muhokama qilindi. Joyida hal etish imkoni bo‘lgan masalalar bo‘yicha choralar ko‘rildi, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar esa mas’ullarga ijro uchun yo‘naltirildi.
