Kecha tashlandiq edi, bugun gektaridan 90 sentnerdan ortiq paxta olinmoqda
2026-09-23 10:50:00 / Yangiliklar
2025 yilgacha bu yerlar umuman foydalanilmagan, qarovsiz yotgan edi. Bugun esa dalada mo‘l hosil, peshona teri bilan yaratilgan natija bor.
Yerni qayta tiklash va zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hisobiga ushbu maydondan 2025 yilning o‘zida gektariga 80 sentnerdan paxta olindi. Joriy yilda esa hosildorlik 90 sentnerdan oshdi.

Kechagina qarovsiz yotgan maydonning bugun mo‘l hosil berayotgani — yerga mehr va mehnat bilan yondashilsa, natija albatta bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Yil yakuniga qadar birgina Mirzaobod tumanida qariyb 8 700 gektar ana shunday yer qayta foydalanishga kiritiladi. Yer mehnatni zoye qilmaydi!
