Gulistonda Do‘stlik kanalini betonlashtirishga start berildi
2026-09-16 12:40:00 / Yangiliklar
Prezidentimizning 2025 yil 27 dekabrdagi PQ–393-sonli qarori asosida Do‘stlik kanalining Guliston shahridan o‘tgan 3,4 kilometr qismini betonlashtirish ishlari boshlandi.
Kanal shahar hududiga nisbatan baland sathdan oqib o‘tgani sababli, o‘zanidan sizgan suv ayrim joylarda sizot suvlari ko‘tarilishi va botqoqlanishga olib kelayotgan edi.

Betonlashtirish natijasida suvning yerga sizishi kamayib, bu muammolarning oldi olinadi. Kanalning quyi qismida esa 5,62 kilometr asfalt yo‘l va 1,02 kilometr piyodalar yo‘lagi barpo etiladi. Shuningdek, himoya panjaralari va tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi. Natijada kanal bo‘yi obod, xavfsiz va aholi uchun qulay hududga aylanadi. Ishlar yil yakuniga qadar to‘liq yakunlanadi.
