Boyovutda 3 500 gektardan ortiq yer maydoni qayta foydalanishga kiritiladi
2026-09-16 09:30:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Boyovut tumanida qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan, bo‘sh turgan va ekin ekilmayotgan 3 500 gektardan ortiq yer maydonini qayta o‘zlashtirish bo‘yicha tayyorlangan loyiha taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda har bir maydonning holati, suv manbasi va unga mos ekin turlari muhokama qilindi. Yerlarni tekislash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida Boyovut tumanida 3 500 gektardan ortiq yer qayta qishloq xo‘jaligi muomalasiga kiritiladi. Muhokamada viloyat va tuman mutasaddilari, soha mutaxassislari hamda tajribali xorijiy maslahatchilar ishtirok etdi.
