Boyovut tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-09-12 14:15:00 / Majlislar
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida Boyovut tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda viloyat prokurori, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi hamda Xalq qabulxonasi mudirining o‘rinbosari ham fuqarolarni tingladi.

Sayyor qabulda jami 301 ta murojaat ro‘yxatga olinib, ularning 236 tasi Boyovut tumani aholisiga tegishli bo‘ldi.
Murojaatlar asosan uy-joy va kadastr, ichki yo‘llar, ichimlik hamda sug‘orish suvi, elektr ta’minoti, bandlik, kredit, ijtimoiy yordam va davolanish masalalariga oid bo‘ldi.
Har bir murojaat mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, ayrim masalalarga joyida yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishli mas’ullarga biriktirilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Barcha murojaatlar ijrosi nazoratga olindi. Kelasi hafta viloyat hokimligida mas’ullar ishtirokida natijalar birma-bir ko‘rib chiqiladi.

