Investorlar bilan uchrashuv
2026-08-27 17:45:00 / Majlislar
«Sirdaryoda biznes qiling» xalqaro investitsiya forumi doirasida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kompaniyalar — «Yingtai Steel», «Peng Sheng» texnoparki, «Shanxi Lida Paper», «Menston», «Wenren Investment», «Lucheng» texnoparki hamda «B.A. Technopark» vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda sanoat, ishlab chiqarish va investitsiya sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli loyihalarni Sirdaryo viloyatida amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Kompaniya vakillariga hududning investitsiya salohiyati, mavjud infratuzilma hamda investorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumot berildi.
