Erkinjon Turdimov “Novugen Pharma” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi
2026-08-27 17:35:00 / Majlislar
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov “Novugen Pharma” kompaniyasi bosh direktori Javed Xan bilan uchrashdi.

Muloqotda ayni paytda Sirdaryo tumanida faoliyat yuritayotgan korxonada ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi turdagi farmatsevtika mahsulotlarini o‘zlashtirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, loyihaning keyingi bosqichlarini amalga oshirish va istiqbolli hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Batafsil: https://www.youtube.com/shorts/R7y0L0zk2yo
