Xitoy kompaniyalari bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-08-27 17:20:00 / Majlislar
«Sirdaryoda biznes qiling» xalqaro investitsiya forumi doirasida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Xitoyning «Shinszyan Xefu», «Baolun», «Sigua», «Ey-Ay Kar» kompaniyalari hamda Chjetszyan arxitektura-qurilish tadqiqot instituti vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvlarda pitaya va mango yetishtirish, baliqchilikni rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, zamonaviy onlayn taksi xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihalari muhokama etildi.

Shuningdek, Sirdaryo daryosi bo‘yida «Yangi shahar» konsepsiyasini ishlab chiqish hamda «Ikki davlat — ikki bog‘» loyihasi doirasida sanoat parki tashkil etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Muloqotlar yakunida loyihalarni puxta ishlab chiqish va hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib olindi.
