Ochiqlik va qulaylik sari yana bir qadam
2026-08-21 10:05:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimligi binosi oldida yangi zamonaviy axborot tablosi o‘rnatildi. Unda hokimlik bilan bog‘lanish ma’lumotlari, Xalq qabulxonasidagi qabullar jadvali, rasmiy veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar manzili joylashtirildi.

Tablo ikki tomonlama bo‘lib, undagi ma’lumotlarni avtomobil yo‘lidan harakatlanayotganlar ham, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotganlar ham bemalol ko‘rishi mumkin. Endi kerakli ma’lumotni izlab yurishga hojat yo‘q — barchasi bir joyda, ochiq va hamma uchun qulay. Bu ham ochiqlik, bu ham aholiga yaratilgan yana bir qulaylik.
