Sirdaryoda navbatdagi sayyor qabul: har bir murojaat e’tiborda
2026-08-15 15:25:00 / Yangiliklar

Fuqarolar asosan uy-joy, yer va kadastr, bandlik va ish haqi, davolanish, moddiy yordam va nafaqa, sud va Majburiy ijro byurosi faoliyati, kredit hamda tadbirkorlik masalalarida murojaat qildi. Shuningdek, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, tabiiy gaz, yo‘llarni asfaltlash, tungi yoritish, oqova suv tizimi, chiqindilarni olib chiqish hamda ko‘p qavatli uylarni ta’mirlashga oid jamoaviy murojaatlar ham bildirildi. Har bir fuqaro tinglanib, joyida yechim topish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. Har bir murojaat ortida bir insonning tashvishi va yechim kutayotgan hayotiy muammosi bor. Endi asosiy vazifa — qabulda aytilgan masalalarni amaliy natijaga aylantirish.
