Yangiyerdagi sayyor qabul: 160 ta murojaat nazoratga olindi
2026-08-13 11:35:00 / Yangiliklar
12-avgust kuni Yangiyer shahrida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda 160 ta murojaat qayd etildi. Ularning 90 tasi Yangiyer shahri, 40 tasi Xovos tumani, yana 30 tasi boshqa hududlardan kelgan fuqarolarga tegishli.

Murojaatlarning asosiy qismi sog‘liqni saqlash, uy-joy, yer va kadastr, bandlik, moddiy-ijtimoiy yordam hamda huquqiy masalalarga oid bo‘ldi.
Shuningdek, yo‘l va asfalt, ko‘cha yoritish, ichimlik suvi, gaz, elektr, oqova va chiqindi xizmatlari, kredit, tadbirkorlik, ta’lim va sport yo‘nalishlarida ham masalalar ko‘tarildi.
Har bir murojaat tegishli mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
