Shahar rahbarlari bir chiziqqa tizildi! Yangiyerning Navroʻzobodida favqulodda reyd!
2026-07-29 19:05:00 / Yangiliklar
Aholisi muammolar bilan yolgʻiz qolgan, BSK va "Mahalla yettiligi" faoliyati umuman sezilmayotgan Yangiyer shahrining Navroʻzobod mahallasida acinarli holat yuzaga kelgan. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutilmaganda hududga tashrif buyurib, barcha mas’ullarga qattiq e’tiroz bildirdi.

Hokim gapirib oʻtirmadi — oʻzi yeng shimarib, chiqindi tozalashni boshlab berdi. Shahar rahbarlari ham qoʻliga qop olib, hududni tartibga keltirishga majbur boʻldi!
Madaniyat markazini tiklash uchun darhol 500 million soʻm ajratiladigan boʻldi. Maktab, kutubxona va madaniyat maskani atrof-muhiti toʻliq tartibga keltiriladi, koʻchalarga yangi yoritish ustunlari oʻrnatiladi.
Navro‘zobodda loqaydlik davri tugadi! O‘zgarishlar bugun va hozirdan boshlandi.
