Sirdaryoda zamonaviy Green Data Center qurish loyihasi muhokama qilindi
2026-07-23 11:00:00 / Majlislar
Bugun Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Malayziyaning Basis Bay kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Goh Eng Hui boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Sirdaryo viloyatida zamonaviy Green Data Center tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

Shirin shahrida kompaniyaning Markaziy Osiyo uchun data markazi filialini tashkil etish, investitsiya kiritish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega axborot texnologiyalari sohasi xizmatlarini eksport qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Muloqot davomida loyihani amalga oshirishning tashkiliy va texnik jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
