DIQQAT, SIRDARYO TUMANI AHOLISI, FЕRMЕR VA DЕHQONLARI!
2026-07-21 13:00:00 / Yangiliklar
2026 yil 22 iyul kuni Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xidirov Abror Abduazimovich hamda sohaga aloqador barcha viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida OCHIQ SAYYOR QABUL bo‘lib o‘tadi!
Muammongiz bormi? Savolingizga yechim topolmayapsizmi? Barcha mas’ullar shu yerda bo‘ladi!
QABULDA QAYSI MASALALAR BO‘YICHA MUROJAAT QILISHINGIZ MUMKIN?

💧 Suv va sug‘orish masalalari: Ariq va kanallarni tozalash, betonlash, suv yetkazib berish (Quyi Sirdaryo ITHB). Suvdan noqonuniy foydalanish va qonunbuzilishlar (Suvxo‘jaliknazorat). Nasos stansiyalari, elektr va texnik muammolar (Nasos stansiyalari boshqarmasi). 🌾 Qishloq xo‘jaligi va yer masalalari: Ekinlarni joylashtirish, subsidiya va imtiyozlar (Viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi). Yerdan maqsadli foydalanish va texnikalar nazorati (Agroinspeksiya). Yer ajratish, chegaralarni belgilash va loyihalar («Sirvilerloyiha»). Yerlarning meliorativ holati va kollektorlarni tozalash (Meliorativ ekspeditsiya). 🛡 Fermerlar va manfaatlarni himoya qilish: Shartnomalar, soliq, kredit va huquqiy yordam (Fermerlar kengashi). Sifatli va mos urug‘lik olish (Urug‘chilikni rivojlantirish markazi). Ekinlar himoyasi va fitosanitar sertifikatlari (O‘simliklar karantini). 🐄 Chorvachilik, pilla va bog‘dorchilik: Vaksinatsiya, mollarni emlash va chorva kreditlari (Veterinariya boshqarmasi). Pillachilik, ipak qurti urug‘i va hisob-kitoblar («Agropilla»). Intensiv bog‘lar, tomchilatib sug‘orish va subsidiyalar (Bog‘dorchilik agentligi). 🚜 Ta’minot, moliya va texnika: Neft baza va yoqilg‘i limitlari («Guliston neft bazasi»). Traktor va kombaynlarni lizingga olish («O‘zagrolizing»). Suv inshootlarini qurish va kapital ta’mirlash («Sirdaryosuvqurilishinvest»). Ilm-fan yutuqlarini joriy etish (Hokimning ilmiy maslahatchisi). Imtiyozli kreditlar olish va moliyalashtirish («Agrobank» ATB). 📍 O‘TKAZILISH VAQTI VA MANZILLARI: 2026 yil 22 iyul kuni ⏰ Soat 08:00 da: 👉 Malik hududi, «Intilish» MFY, Agrotexnologiyalar texnikumi binosida. ⏰ Soat 17:00 da: 👉 Yangiobod hududi, «Yangiobod» MFY, 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida. 📞 Qabulga yozilish va qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99897 218 91 91, +99899 529 00 70 💡 Fursatni boy bermang! Rahbarlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilib, muammongizni joyida hal etish imkoniyatidan foydalaning.
