Nafas siqishi faqat kasallikdan emas, sharoitdan ham ekan...
2026-07-10 10:10:00 / Yangiliklar

❌ Ahvol qoniqarsiz, e’tirozlar ko‘p: Markaz faoliyati zamon talablaridan ancha orqada qolgani, bemorlar va shifokorlar uchun yaratilgan sharoitlar mutlaqo qoniqarsiz ekanligi keskin tanqid qilindi. To‘kilib turgan devorlar va eskirgan muhit nafaqat tushkunlik kayfiyatini uyg‘otadi, balki davolanish samaradorligiga ham to‘siq bo‘ladi.
🦠 Kasallikning xosligi — alohida yondashuvni talab etadi! Ftiziatriya (sil) va pulmonologiya - bu shunchaki oddiy yo‘tal emas. Bu yerdagi infeksiyalarning o‘ziga xosligi, yuquvchanlik darajasi yuqoriligi sababli bemorlarni ajratish, ularni to‘g‘ri diversifikatsiya qilish hayotiy zaruratdir. Hozirgi holatda esa ushbu nozik jihatlar inobatga olinmagan. Keskin choralar va yangilanishlar rejasi belgilandi:
1️⃣ Kapital ta’mirlash va obodonlashtirish: Markaz binosi ta’mirlanadi. Hudud yam-yashil, toza va bemorlar nafas olishi uchun qulay bo‘lgan chin ma’nodagi sihatgoh qiyofasiga keltiriladi.
2️⃣ Pulmonologiya uchun ALOHIDA yangi bino: Infeksiyalar bir-biriga aralashib ketmasligi, o‘pka kasalliklariga chalingan bemorlarga xavfsiz va yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish uchun alohida yangi bino quriladi.
