Guliston shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-04 12:40:00 / Yangiliklar
Bugun Guliston shahridagi istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida o‘tkazilib, unda viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolardan 214 ta murojaat qabul qilinib, ularning har biri mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tezkor choralar belgilandi, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar bo‘yicha esa aniq vazifalar yuklatildi. Qabulda bildirilgan barcha murojaatlar viloyat hokimligi Ijro nazorati platformasi orqali nazoratga olindi hamda ularning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib boriladi. 🎥 Videoda sayyor qabul jarayoni hamda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning qabulni tashkil etish, murojaatlarni hal etish va aholi bilan ochiq muloqotning ahamiyati xususidagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.
