E ` L O N !
2026-07-03 07:40:00 / Yangiliklar
Aziz sirdaryoliklar!
Joriy yilning 4-iyul kuni soat 08:00 dan boshlab Guliston shahridagi istirohat bog‘ida Prezidentning Sirdaryo viloyatidagi xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sayyor qabul viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida o‘tkazilib, unda viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlar mas'ullari ishtirok etadi.
Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: Guliston shahri, Guliston istirohat bog‘i.
Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/JDc1nuz3H6oXjshR7
☎️ (67) 225-49-32, (67) 225-40-90.
