Sirdaryoda yana bir istiqbolli investitsiya loyihasi muhokama qilindi
2026-07-02 12:20:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Xitoyning Zhongya Anruixin Steel Group kompaniyasi vitse-prezidenti Van Syaobo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Sirdaryo viloyatida metalni qayta ishlash va metall mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihasi muhokama qilindi.

Tomonlar 260 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida 1600 ta ish o‘rni yaratish, 50 gektarda zamonaviy ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish va yillik 600 ming tonna maxsus po‘lat mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Uchrashuvdan so‘ng investorlar bilan birgalikda Yangiyer kichik sanoat zonasida loyihani amalga oshirish uchun taklif etilayotgan hudud va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Yakunda ushbu istiqbolli hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish va loyihani jadal amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.
