Sirdaryoda yirik xalqaro agroloyiha muhokama qilindi
2026-06-29 18:25:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Angliyaning United Green kompaniyasi investitsiyalar bo‘yicha bosh direktori Albrext Frishenshlager boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Sirdaryo viloyatida zamonaviy chorvachilik klasteri, sut mahsulotlari hamda bolalar ozuqasi ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Loyiha doirasida: 🔹 16 ming bosh yuqori mahsuldor qoramol parvarishlash; 🔹 yiliga 90 million litr sut ishlab chiqarish; 🔹 50 ming tonna sut mahsulotlari, jumladan bolalar ozuqasi ishlab chiqarish; 🔹 zamonaviy sutchilik fermalari va ozuqa yetishtirish infratuzilmasini barpo etish rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida "Yo‘l xaritasi" imzolandi. Mazkur loyiha amalga oshirilishi, Sirdaryoda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega agrosanoat ishlab chiqarishi, yangi ish o‘rinlari va eksportbop mahsulotlar hajmini oshirish uchun mustahkam zamin yaratiladi.
