“Uch avlod uchrashuvi” — tajriba, jasorat va ishonch uchrashgan maskan.
2026-06-06 09:40:00 / Yangiliklar
Sirdaryo viloyati Yoshlar markazida nuroniylar, mehnat va harbiy faxriylar, otaliqqa olingan yoshlar, “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ochib berib, mamlakatimizda yoshlarga va nuroniylarga qaratilayotgan e’tibor, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, faxriylar va nuroniylarning hayotiy tajribalaridan saboq oldilar.
Mazkur uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi vorisiylikni mustahkamlash, yoshlar qalbida Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.




