E’LON!
2026-06-03 14:35:00 / Yangiliklar
Hurmatli tadbirkorlar!
Joriy yilning 8 iyun kuni soat 10:00 dan boshlab Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi binosida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tadbirkorlar uchun ommaviy ochiq qabuli bo‘lib o‘tadi.
Bu muammolarga yechim topiladigan va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadigan amaliy muloqot maydonidir.

Qabul davomida siz o‘zingizni qiynayotgan muammolar, amalga oshmay qolayotgan loyihalar hamda mavjud byurokratik to‘siqlar haqida bevosita murojaat qilishingiz mumkin. Barcha murojaatlar joyida ko‘rib chiqilib, ular bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilinadi. Har bir tadbirkorning murojaati eshitiladi va har bir masala nazoratga olinadi. Marhamat, qabulga keling va masalangizni shaxsan bayon eting. Yechimni birgalikda topamiz!
