Bolalar iste’dodi — eng katta boylik!
2026-06-01 21:30:00 / Yangiliklar
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan viloyat hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan auksionida viloyatdagi 15 ta Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilarining ijodiy ishlari namoyish etildi.
Auksion davomida 76 nafar o‘quvchining rassomlik va amaliy san’at namunalari xaridorlarga taqdim etilib, jami 234 million 300 ming so‘mga sotildi.

Bu nafaqat yosh iste’dod egalarining mehnatiga berilgan yuksak baho, balki ularning kelajakdagi ijodiy parvozlari uchun muhim rag‘bat bo‘ldi.
Bolalarning orzu va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash — kelajakka qilingan eng katta sarmoyadir!



