Sirdaryo va Shensi o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi
2026-05-21 12:45:00 / Yangiliklar
Bugun Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Shensi provinsiyasi partiya qo‘mitasi kotibi Chjao Ide bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, agroklasterlar va intensiv meva bog‘larini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalar, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish hamda Xitoy tajribasini Sirdaryo viloyatida joriy etish bo‘yicha fikr almashildi. Tomonlar hududlararo aloqalarni mustahkamlash, investitsiya va texnologiyalarni jalb qilish orqali qishloq xo‘jaligida yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham kelishuvlarga erishdi.
Batafsil: https://t.me/SirdaryoUz/32694

