Sirdaryo va Xitoy hududlari o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda
2026-05-21 09:00:00 / Yangiliklar
Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida uchinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum ishida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli maydon ikki davlat hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, logistika, innovatsiya va investitsiya sohalarida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda. Forum doirasida Sirdaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati, investorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda hududda amalga oshirish mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalar taqdim etilmoqda. Uchrashuvlar davomida xitoylik hamkorlar bilan amaliy kelishuvlarga erishish, yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish va Sirdaryoda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
