Investitsiya, farmatsevtika va logistika: Xitoyda yangi muzokaralar
2026-05-20 17:55:00 / Yangiliklar
Bugun viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Xitoyda Guangzhou Shennong Advanced Agriculture Group Corporation hamda Boshen Group delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ochiq va amaliy muloqot shaklida o‘tgan suhbatda Sirdaryo viloyatida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish, investitsiyalarni jalb qilish hamda Sirdaryo tumanida yirik logistika markazini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, mahsulotlarni saqlash va eksport logistikasini kuchaytirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Tomonlar hamkorlikni amaliy natijalar bilan davom ettirish va yaqin vaqt ichida qator loyihalarni boshlash yuzasidan fikr almashdilar.
