Xitoy tashrifi yangi yirik loyihalar bilan boshlandi
2026-05-19 16:35:00 / Yangiliklar
Ayni paytda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasidagi dastlabki uchrashuv HKS kompaniyasi rahbariyati bilan o‘tdi. Muloqotda Sirdaryo viloyatida yarim o‘tkazgichli displeylar, smart elektronika va maishiy texnika ishlab chiqarishni qamrab olgan zamonaviy sanoat klasterini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Loyiha doirasida ishlab chiqarish quvvatlari, logistika, mutaxassislar tayyorlash va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ayni kunlarda kompaniyaning Sirdaryo viloyatida bo‘lib turgan ishchi guruhining dastlabki xulosalariga ham muhokamada to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan hududlarda yuqori qo‘shilgan qiymatli sanoatni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish va eksportbop mahsulotlar hajmini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalarga alohida urg‘u berildi. Muzokaralar davom etmoqda.







