Klasterdagi jarayon: chigitdan tayyor mahsulotgacha
2026-05-02 18:50:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Sardobadagi “Sardoba universal klaster” MCHJda bo‘lib, bu yerda to‘liq qiymat zanjirini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bu shunchaki korxona emas. Chigit ekishdan boshlab, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan butun jarayonni bir joyda qamrab olishi kerak bo‘lgan kompleks. Ya’ni, xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan yo‘l shu yerda yakunlanishi kerak.

Joyida ish qanday ketyapti, qayerda uzilish bor, qayerda yordam kerakligi ochiq ko‘rildi. Hokim tomonidan asosiy talab bitta: bu tizim qisqa fursatda to‘liq quvvatda ishlashi kerak. Chunki har bir kechikkan kun - bu yo‘qotilgan imkoniyat degani. Qisqasi, maqsad oddiy: klaster ishlashi, mahsulot chiqishi va odamlar daromad topishi.
