Sardobada sayyor qabul o‘tkazildi
2026-05-02 18:50:00 / Yangiliklar
Sardoba tumani Xalqobod mahallasidagi 1-sonli texnikumda o‘tgan sayyor qabulda fuqarolar o‘z muammolari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishdi.
Qabulni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshlab bordi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari va tuman hokimi ham ishtirok etishdi, Har bir murojaatni birma-bir eshitishdi.

Murojaatlar asosan ish, yo‘l, va yer masalalari bilan bog‘liq bo‘ldi. Ayrim masalalarni shu joyning o‘zida hal qilishdi, qolganlari bo‘yicha mas’ullar biriktirishdi va aniq muddatlarni belgilashdi. Umumiy hisobda 100 ga yaqin sardobalikning muammolarini yechish bo‘yicha ishlar belgilab olindi.
