Sirdaryo viloyatida 2026-yilning aprel oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘laqonli amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risid
2026-05-04 16:45:00 / Yangiliklar

Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida, viloyat boshqarma va tashkilotlar hamda shahar, tumanlar hokimliklarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, 2026-yil davomida 4 ta boshqarma va 4 ta hokimliklarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati o‘rganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
O‘tkazilgan tahlillar, muhokamalar va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarmaslik va ijrosini kechiktirish holatlariga yo‘l qo‘yganligi uchun 1 nafar viloyat hokimining o‘rinbosari, 2 nafar kotibiyat mudirlari, 1 nafar tuman hokimi, 6 nafar tuman-shahar o‘rinbosarlari, jami 10 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan.
Viloyat hokimligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘lik va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilanib, topshiriqlar ijrosini ta’minlash choralari doimiy nazoratga olinadi.
