Yangiyerda yangi rejalar belgilab berildi
2026-04-29 20:00:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Yangiyer shahriga tashrif buyurib, shaharda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va aholi yashash sharoitlari bilan tanishdi.
Fazilat mahallasida aholi va nuroniylar bilan muloqotda asosiy muammolar ochiq aytildi. Xususan, oqar suv masalasi ko‘tarilib, uni zudlik bilan hal qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

O‘rganishlar davomida oilaviy poliklinika faoliyati ham ko‘rib chiqildi. Tibbiy xizmatlarni bir joyda jamlash maqsadida uni markaziy tibbiyot birlashmasiga ko‘chirish taklifi bildirildi, binodan esa boshqa tashkilotlar uchun foydalanish rejalashtirildi. Kanal bo‘yida taqdim etilgan loyihalar kovorking markazlari, piyodalar yo‘laklari, sport va dam olish hududlarini o‘z ichiga oladi. Birinchi navbatda esa infratuzilma, xususan oqar suv tizimini tartibga keltirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Shuningdek, eng yaxshi loyihachi uchun mukofotli tanlov o‘tkazish taklifi ilgari surildi. Tashrif yakunida shahar hokimligida barcha mas’ullar oldida aniq vazifalar belgilab qo‘yildi.


