Yangi sheriklik, yangi ishlab chiqarish: “Farmak” bilan muzokaralar
2026-04-22 18:20:00 / Yangiliklar

Tomonlar, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatli dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni belgilab oldilar. Uchrashuvda Sirdaryo viloyatida farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, jumladan, qulay investitsiya muhiti, logistika infratuzilmasi va kadrlar tayyorlash tizimi alohida ta’kidlandi. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish muhimligini qayd etib, mas’ullarga loyihalarni tezkor va samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.
