Chiqindi masalasi: sifatli xizmat ishonch va mas’uliyatni kuchaytiradi
2026-04-21 17:15:00 / Yangiliklar

Muhokamada eng avvalo aholiga qulay va aniq ishlaydigan tizim yaratish zarurligi qayd etildi. Shu maqsadda har bir mahalla va ko‘cha kesimida chiqindi olib chiqishning aniq grafigi ishlab chiqiladi, ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinadi. Maxsus texnika qachon kelishini odamlar oldindan bilishi ta’minlanadi. Soha mutasaddilariga mahallalar tozaligini ta’minlash, aholi bilan ishlash madaniyatini oshirish va xizmatni sidqidildan tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Ta’kidlanganidek, qayerda xizmat sifatli yo‘lga qo‘yilsa, o‘sha joyda aholining to‘lov intizomi ham mustahkamlanadi. Shu bilan birga, konteynerlar yetishmaydigan nuqtalarni to‘ldirish, poligonlar faoliyatini tartibga solish, har bir hududga mas’ullarni biriktirish va murojaatlarga tezkor javob qaytarish tizimini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

