Sirdaryo va Krasnodar o‘lkasi o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatildi
2024-07-03 19:00:00 / Yangiliklar

Unda may oyining oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Rossiya-O‘zbekiston hududlararo Kengashi majlisi vaqtida boshlangan muzokaralarni faol davom ettirish, hududlararo savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi loyihalar istiqbollari muhokama qilindi.
2023-yilda Sirdaryo viloyati va Krasnodar o‘lkasi o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 133 million dollarni, joriy yilning yanvar-may oylarida esa bu ko‘rsatkich 35 million dollarni tashkil etgani qayd etildi.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati va turizm kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan tomonlar birdek manfaatdor ekanligi taʼkidlandi. Bu maqsadlar yo‘lida biznes vakillarini faol qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar berishga kelishib olindi.



