Hunan Bosen Industrial Group delegatsiyasi bilan uchrashuv
2026-04-17 16:15:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Xitoyning Hunan Bosen Industrial Group kompaniyasi biznes bo‘limi bosh direktori Lo Fen boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Sirdaryo viloyatida sanoat texnoparkini barpo etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Loyihaning iqtisodiy salohiyati, yangi ish o‘rinlari yaratish va hudud sanoatini rivojlantirishga qo‘shadigan hissasiga alohida e’tibor qaratildi.
