Gulistonda sayyor qabul: 300 ga yaqin murojaat
2026-04-11 12:25:00 / Yangiliklar
Guliston shahridagi istirohat bog‘ida Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasining sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida viloyat prokurori, ichki ishlar va soliq idoralari rahbarlari, shuningdek shahar hokimi ishtirok etib, fuqarolarning muammolarini bevosita tinglashdi

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan qabulda qariyb 300 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Ularning asosiy qismi Guliston shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, Boyovut, Mirzaobod va Guliston tumanlaridan ham ko‘plab fuqarolar murojaat bilan ishtirok etdi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, murakkablari bo‘yicha 15 kunlik muddat bilan aniq topshiriqlar berildi. Barcha murojaatlar viloyat hokimligi tomonidan elektron nazoratga olindi.
