Investorlar bilan loyihalarning borishi muhokamasi
2026-04-10 14:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida ular tomonidan viloyatda amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati, ish sur’ati va investorlarga zarur bo‘lgan amaliy yordam masalalari atroflicha muhokama qilindi. Kompaniya vakillari loyihalar bosqichma-bosqich ilgarilayotganini qayd etib, davlat tomonidan yaratilayotgan qulay sharoitlar va ko‘makni alohida ta’kidlashdi. Shu bilan birga, kelgusida Sirdaryoda yana yangi loyihalarni ishga tushirish rejalari borligini bildirishdi. Viloyat rahbari har bir loyiha natija berishi kerakligini, eng muhimi yangi ish o‘rinlari yaratish va qo‘shimcha qiymatni oshirish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Shuningdek, hokimlik tomonidan qonun doirasida investorlarga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatilishini bildirdi. Sirdaryoda ish boshlagan investorlar uchun shart-sharoit bor. Endi eng muhimi tezlik va natija.
