Sirdaryo — Xitoy: hududiy taraqqiyotga yangi sur’at
2026-04-05 12:55:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro ishonch, manfaatli hamkorlik va uzoq muddatli strategik sheriklik tamoyillari tobora mustahkamlanib bormoqda. Davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlar nafaqat mamlakatimiz, balki hududlar iqtisodiyoti rivoji uchun ham mustahkam zamin yaratmoqda.

Bu hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida Sirdaryo viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Tyanszin va Shenchjen shaharlarida o‘tkazilgan iqtisodiy forumlar, nufuzli kompaniyalar rahbarlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar allaqachon salmoqli natijalarni bermoqda. Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, investitsiya va eksport yo‘nalishida 1 milliard dollardan ortiq qiymatga ega kelishuvlarga erishildi. Ayni damda delegatsiya tashrifi davom etmoqda. Mavzu tafsiloti bilan mazkur lavhamizda tanishasiz...
