E’LON!
2026-03-25 09:30:00 / Yangiliklar
Hurmatli tadbirkorlar!
Joriy yilning 27-mart kuni, soat 09:00 dan boshlab Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi binosida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tadbirkorlar uchun ochiq va ommaviy qabuli o‘tkaziladi.

Bu — shunchaki qabul emas. Bu — muammolar yechimi topiladigan, tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadigan amaliy muloqot.
Qabul davomida Sizni qiynab kelayotgan muammolar, amalga oshmayotgan loyihalar, byurokratik to‘siqlar mavjud bo‘lsa bildirishingiz mumkin. Murojaatingiz joyida ko‘rib chiqiladi va aniq qarorlar qabul qilinadi.
Har bir tadbirkor — e’tiborda, har bir murojaat — nazoratda bo‘ladi.
Keling va masalangizni shaxsan yetkazing — yechimini birga topamiz!
