Xavfsiz muhit — barqaror hayot kafolati
2026-03-17 15:10:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda alohida ta’kidlanganidek, har bir jinoyat ortida muayyan sabab va sharoit bor. Shu bois faqat oqibat bilan emas, balki uning ildiz sabablarini barvaqt aniqlab, oldini olishga ustuvor ahamiyat qaratish zarurligi qayd etildi. Ayniqsa: - mahallalar kesimida profilaktika ishlarini kuchaytirish; - yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish; - ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish orqali xavf omillarini kamaytirish; — ichki ishlar, prokuratura va mahalliy hokimliklar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga belgilangan vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish, har bir hudud kesimida aniq natijaga erishish yuzasidan qat’iy vazifalar yuklatildi.


