Yoshlar ovozi eshitilgan muloqot
2026-03-12 14:30:00 / Yangiliklar

Ayrim yoshlar ta’lim, bandlik va tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolariga yechim topish yuzasidan ham murojaat qilishdi. Barcha murojaatlar qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi. Uchrashuv, avvalo, yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Erkinjon Turdimov yoshlar tashabbusi har qanday taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri ekanini ta’kidlab shunday dedi: — Yoshlar g‘oyasi — taraqqiyotning eng katta manbai. Agar yoshlarda tashabbus bo‘lsa, biz ularni qo‘llab-quvvatlashimiz, tashabbuslari amalga oshishi uchun yo‘l ochib berishimiz shart, — dedi viloyat rahbari. Yakunda viloyat rahbari bugungi uchrashuvda bildirilgan muammolar ijrosini kelasi hafta payshanba kuni shaxsan muhokama qilishini ma’lum qildi.
