2025 yil davomida Sirdaryo viloyatida Oila va xotin-qizlar tizimida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT
2026-03-12 15:00:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, farovon hayot kechirishlari uchun barcha imkoniyat hamda sharoitlar yaratib berilgan.
Barcha sohalarda xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, shuningdek, oliy ta’limga qamrovini oshirish borasida keng ko‘lamli davlat siyosati amalga oshirilmoqda. Xususan,
Oliy ta’lim bo‘yicha 2025 yil besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 284 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi, 54 nafari talabalik baxtiga erishdi.
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni oliy ta’limga qamrab olishda 438 nafar tavsiyanoma olganlarning 117 nafari imtiyoz asosda o‘qishga qabul qilindi.
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan ehtiyojmand oilalardagi 126 nafar talaba qizlarga 1 mlrd 40 mln so‘m kontrakt to‘lovlari davlat budjetidan qoplab berildi.

“Ayollar daftari” bo‘yicha: “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi doirasida 6 ta toifada 26 ming 591 nafar xotin-qizlar qamrab olindi. 26 ming 539 nafariga ya’ni 99,8 % amaliy yordam ko‘rsatildi. 11,3 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. Jumladan, 14 ming 781 nafarining bandligi ta’minlandi; 4 ming 357 nafarining tadbirkorlik qilishlari uchun ko‘maklashildi; 7 ming 108 nafar boquvchisi yo‘q, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II-guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj, qaramog‘ida nogiron farzandi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. 177 nafarining uy-joylari ta’mirlandi, 282 nafariga ijara kompensatsiyasi to‘lab berildi. 3 ming 400 nafar “Ayollar daftari” ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskanlarida sog‘lomlashtirildi hamda ular uchun tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivatsion seminarlar tashkil etildi. Bandlik bo‘yicha: Xotin-qizlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi, ularning iqtisodiy jihatdan faol va mustaqil bo‘lishi nafaqat oila balki butun jamiyat farovonligi uchun muhimdir! Barcha tuman va shaharlarimizda, chekka qishloq joylarida ham uy mehnati va kasanachilik asosida daromad topish uchun ayollarimizga keng imkoniyatlar yaratildi. 27 ming 883 nafar xotin-qizlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi. Shundan: - 9 ming 010 nafari kasb-hunarga; - 8 ming 749 nafari tadbirkorlik ko‘nikmalariga; - 9 ming 675 nafari Sayxunobod tajribasi asosida; - 449 nafari xavfsiz migratsiya tamoyili asosida xorijiy til va kasb-hunarga o‘qitildi. 11 ming 415 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi. 12 ming 038 nafar xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan 329 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. 2 ming nafar xotin-qizlar Hunarmand uyushmasiga a’zo bo‘ldi. Kasanachilik va xonadonlarda uy mehnati bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 1 ming 939 nafar xotin-qizlar lider tadbirkorlarga biriktirildi. Reproduktiv salomatlikni bo‘yicha: Viloyatda tug‘ish yoshidagi ayollar soni 246 ming nafarni tashkil etadi. 2025 yilda 6 ming 158 ta nikohlar, 21 ming 42 ta tug‘ruqlar qayd etilgan. Onalar o‘limi Boyovut tumanida 1 ta, 16-17 yoshdagi tug‘ruqlar soni Sirdaryo tumanida 2 ta (Adolat va Sholikor mfy) erta tug‘ruq sodir bo‘lgan. Viloyatdagi 314 ta umumta’lim maktablari hamda 22 ta professional ta’lim muassasalarida erta tug‘ruq va erta nikohning salbiy oqibatlari, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, nogiron farzandlarning tug‘ilishi sabablari mavzularida doimiy ravishda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda uchrashuv, davra suhbatlari va oilasida yakka tartibda ishlar olib borildi. Ajrim bo‘yicha: 2025 yil davomida 1 ming 573 ta ajrim qayd etildi. 221 ta mahallalardan 57 tasida ajrimlar soni oshgan, 72 ta MFYlarda ajrimlar soni kamaygan, 92 ta MFYlarda ajrimlar soni barqaror bo‘lgan. Ajrimlar oqibatida 1 ming 322 nafar bola otasiz yoki onasiz tarbiyalanmoqda. Ajrim sabablari tahlil qilinganda: - 101 tasi nikohlanuvchilarning oilaga tayyor emasligi; - 82 tasi 3-shaxs aralashuvi; - 69 tasi farzandsizlik; - 54 tasi uzoq muddatga migratsiyada bo‘lganligi; - 49 tasi xiyonat; - 30 tasi spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishi; - 101 tasi nikohlanuvchilarning oilaga tayyor emasligi; - 20 tasi tazyiq va zo‘ravonlik oqibatida; - 1 ming 168 tasi boshqa sabablarga ko‘ra qayd etilgan. Ajrimlarning oldini olish borasida mahallalarda “Oilaviy qadriyatlar komissiyasi” va “Oqila ayollar” harakati a’zolari faoliyat olib bormoqda. Ularning sa’yi harakati bilan ajrim yoqasidagi 491 ta oiladan 259 tasi yarashtirildi. Sha’riy nikoh asosida yashayotgan 420 ta oiladan 255 tasining nikohi qonuniylashtirildi. Jinoyatchilik hamda tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha: 2025 yilda xotin-qizlar tomonidan 62 ta jinoyat sodir etilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2 taga kamaygan bo‘lsa-da, eng katta ko‘rsatgich Guliston shahrida 21 ta, Sirdaryo tumanida 10 ta
