Yoshlar markazi – eʼtibor va masʼuliyat markazida
2026-02-26 15:40:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Yoshlar markazida bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida binolarning holati, to‘garak xonalari, axborot texnologiyalari sinflari, sport va madaniy maydonlar ko‘zdan kechirildi.
Markaz hududini yanada obodonlashtirish, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash, yoshlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ayniqsa, markaz faoliyatini yoshlarning qiziqishi va tashabbuslariga mos ravishda tashkil etish, startap va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida urg‘u qaratildi.

Shuningdek, joriy yil 24 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Prezident selektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha masʼullarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Yoshlarning bandligini taʼminlash, kasb-hunar o‘rgatish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Tashrif yakunida mutasaddilarga belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq muddat va masʼullar belgilab berildi. Yoshlar markazi nafaqat tadbir o‘tkaziladigan joy, balki g‘oyalar shakllanadigan, kelajak poydevori qo‘yiladigan maskan bo‘lishi kerakligi qayd etildi.
