Agrar sohada aniq reja va ustuvor vazifalar
2026-02-25 09:40:00 / Yangiliklar
Erkinjon Turdimov agrar soha mutaxassislari bilan birga viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildi. Jarayonda Shinjon usulida paxta yetishtirishga tayyorgarlik ishlari, pillachilikni rivojlantirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, ariq-zovurlarni betonlash, qishloq xo‘jaligi texnikalarining holati hamda kartoshka ekilishi kabi masalalar birma-bir ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida joriy yilda 646 ta fermer xo‘jaligida 2273 gektar maydonga kartoshka ekilishi, 175 kilometr ichki ariqlar betonlanishi hamda 205 kilometr ariqlar tozalanishi belgilangani ma’lum qilindi. Bu orqali suvdan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish va yerlar meliorativ holatini yaxshilash maqsad qilinganligi bildirildi.
Har bir yo‘nalish kesimida amaliy natijalar tahlil qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish, har bir gektar yerdan unumli foydalanish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

