Sirdaryo va Balx o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2026-02-17 18:55:00 / Yangiliklar
Ayni paytda Afg‘onistonda bo‘layotgan tashrif doirasida Erkinjon Turdimov Balx viloyati rahbari Muhammad Yusuf Vafo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

