Viloyatimiz delegatsiyasi Afg‘onistonda
2026-02-16 12:50:00 / Yangiliklar

Tashrif doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari va boshqa qator yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Afg‘oniston bozoriga yetkazib berish, logistika zanjirini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari kun tartibidan o‘rin olgan.
Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar o‘rtasida B2B muloqotlar tashkil etilishi, aniq loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishish ham rejalashtirilgan. Bu tashrif viloyatimiz sanoat va agrar mahsulotlarining tashqi bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud iqtisodiyoti barqaror o‘sishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

