Yosh dasturchilar tashabbuslari — amaliy qo‘llab-quvvatlash bosqichida
2026-02-14 12:05:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi har bir loyihani amaliyotga joriy etish masalasiga alohida to‘xtalib, tegishli boshqarmalar rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi. Taʼlim, sog‘liqni saqlash, transport, qurilish va raqamli texnologiyalar sohalarida mazkur startap yechimlarini sinovdan o‘tkazish va bosqichma-bosqich joriy qilish vazifasi belgilandi.
Shuningdek, yosh tashabbuskorlarga amaliy ko‘mak berish, ularning loyihalarini “tayyor mahsulot” darajasiga olib chiqish hamda sohalar kesimida integratsiya qilish bo‘yicha masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Mazkur tashrif viloyatda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish va yoshlar startaplarini davlat tizimi bilan bog‘lash yo‘lida muhim qadam sifatida baholandi.
