Sayyor qabul — joyida muloqot, joyida yechim
2026-01-17 18:10:00 / Yangiliklar

Tahlillarga ko‘ra, murojaatlarning asosiy qismi Xovos tumani aholisi hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, qabulda Boyovut, Oqoltin, Mirzaobod, Sayxunobod, Sirdaryo tumanlari hamda Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlaridan kelgan fuqarolar ham ishtirok etdi.
Qabulda eng ko‘p uy-joy va qurilish masalalari, qo‘shnilar o‘rtasidagi mulkiy kelishmovchiliklar ko‘tarildi. Shuningdek, bandlik, ishga joylashish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash masalalari ham dolzarb bo‘ldi.
Sayyor qabul yakunida barcha murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
Gulbahor mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul aholi bilan muloqotni faqat tinglash bilan cheklamay, muammoni aniqlash — mas’ulni belgilash — yechimga yo‘naltirish tamoyili asosida tashkil etildi.
