Seulda «Sirdaryoda biznes qiling!» biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda
2026-01-20 08:20:00 / Yangiliklar
Ayni paytda Koreya Respublikasining Seul shahrida «Sirdaryoda biznes qiling!» shiori ostida biznes-forum o‘tkazilmoqda. Unda 50 dan ortiq koreyalik kompaniyalar vakillari hamda viloyatimizning 20 ga yaqin salohiyatli tadbirkorlari ishtirok etmoqda.

Biznes-forum ishida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov qatnashmoqda.
Forumning dastlabki qismida Sirdaryo viloyatining investitsion salohiyati, qulay ishbilarmonlik muhiti hamda istiqbolli loyihalari koreyalik tadbirkorlar e’tiboriga taqdim etildi.
Shuningdek, biznes-forum doirasida qator yetakchi kompaniya rahbarlari bilan G2B va B2B formatlarida o‘zaro manfaatli uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
