Hokimiyat haqida

Sirdaryo tumani — Sirdaryo viloyatining markaziy tumanlaridan biri bölib, 1939-yil 10-fevralda taşkil etilgan. Tuman hududi 0,55 ming km² (550 km²)ni taşkil etadi. Şimolda va şarqda Toşkent viloyati, janubda Guliston hamda Sayxunobod tumanlari, ğarbda esa Qozoğiston Respublikasi bilan çegaradoş. Mazkur geografik joylaşuv tumanning transport-logistika va iqtisodiy rivojlanişida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuman markazi — Sirdaryo şaharçasi. Hududda 38 ta mahalla fuqarolar yiğini faoliyat yuritib, ular orqali aholining ijtimoiy himoyasi, hududlarni obodonlaştiriş, tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda fuqarolarning özini özi boşqariş tizimi samarali yölga qöyilgan.
Sirdaryo tumani iqtisodiyotining asosini qişloq xöjaligi, sanoat, xizmat körsatiş va tadbirkorlik sohalari taşkil etadi. Hududda paxta, ğalla, sabzavot-poliz ekinlari va boğdorçilik mahsulotlari yetiştiriladi. Fermer xöjaliklari, dehqon xöjaliklari hamda kiçik biznes subyektlari faoliyati uçun qulay şaroitlar yaratilgan.
Sönggi yillarda tumanda Prezidentimiz taşabbuslari asosida keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda. Xususan, yangi avtomobil yöllari va içki köçalar ta’mirlanib, zamonaviy içimlik suvi va elektr ta’minoti tizimlari barpo etilmoqda, ijtimoiy soha obyektlari rekonstruksiya qilinmoqda hamda mahallalarda obodonlaştiriş işlari izçil davom ettirilmoqda.
Şuningdek, ta’lim, soğliqni saqlaş, sport va madaniyat sohalarini rivojlantiriş, yoşlarni qöllab-quvvatlaş, aholi bandligini ta’minlaş hamda investitsiyalarni jalb etiş böyiça qator loyihalar amalga oşirilmoqda. Bu esa Sirdaryo tumanining iqtisodiy salohiyatini oşiriş va aholining turmuş farovonligini yuksaltirişga xizmat qilmoqda.